English version     Ðóññêàÿ âåðñèÿ Bosh sohifa    Savol va javob   
 Boshqarma tuzilmasiTuman xalq ta'limi bo'limi
  
 
Mundarija
  
  Bosh sahifa  
  
  Boshqarma rahbariyati  
  
  Me'yoriy hujjatlar  
  
  Interaktiv xizmatlar  
  
  Qayta aloqa  
  
  Asosiy ko'rsatkichlar  
  
  Umumta'lim maktablari 
  
  Maktabgacha ta'lim muassasalari 
  
  Bolalar musiqa va san'at maktablari  
  
  Bolalar va o'smirlar sport maktablari  
  
  Maktabdan tashqari ta'lim muassasalari  
  
  Masofaviy ta'lim  
  
  Elektron kutubxona 
  
  E'lonlar  
 
  Bosh sahifa 
 
Bilimlar bellashuvi

O’zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishganligining dastlabki kunlaridan boshlab olib borilayotgan islohotlar, amalga oshirilayotgan tizimli ishlar natijasida sanoat, qishloq xo’jaligi sohalarida qator yutuqlarga erishilmoqda. Bugungi kunda hech bir birimizga sir emas yoshlar bilan ishlash, ularga ta’lim-tarbiya berish masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Mustaqillik yillarida viloyatimiz yoshlarining jahon, osiyo hamda respublika musobaqalari, ko’rik-tanlovlarida erishayotgan yutuqlari viloyatning ertangi kuni uchun zamin yaratilayotganligidan dalolat beradi. O’quvchi yoshlarni ta’lim-tarbiya olishlari uchun davlatimiz tomonidan dunyoning hech bir rivojlangan mamlakatidan qolishmaydigan shart-sharoitlar yaratildi. Bularning natijasida o’quvchilarimiz qo’lga kiritayotgan yutuqlar kundan-kunga ortib bormoqda. Ayniqsa, 2013-2014 o’quv yilining yakunlari bo’yicha o’tkazilgan “Bilimlar bellashuvi”ning respublika bosqichida viloyatimiz sha’nini himoya qilgan 36 nafar o’quvchilarimizdan 23 nafarini sovrindor bo’lganligi hamda Respublika bosqichi natijalariga ko’ra umumjamoa hisobida Farg’ona viloyati jamoasi 88,4 ball bilan respublikada faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritganligi viloyatimizda yoshlar tarbiyasi to’g’ri yo’ldan borayotganligini ko’rsatmoqda.


Batafsil..


HAR BIR O’QUVCHIGA FARZANDIMIZDEK MUNOSABATDA BO’LAYLIK!

Aziz zamondosh! O’zbekiston atalmish jannatmonand diyorimizda, har birimizning ko’nglimizda ozodlik, hurlik bayrami shukuhi. Eng aziz va eng ulug’ bayramimizga hamohang navbatdagi o’quv yili ham boshlanmoqda. Tarix uchun juda qisqa muddatda mamlakatimizda xalq ta’limi tizimi misli ko’rilmagan tarzda taraqqiy topdi. Buni shaxsan Prezidentimiz Islom Karimovning, davlatimiz mustaqilligini ilk kunlaridan tizimning huquqiy asoslari yaratilishiga, moddiy-texnika bazasi to’la mustahkamlanishiga, soha xodimlari moddiy-ma’naviy imkoniyatlari kengaytirilishiga alohida g’amxo’rlik ko’rsatib borayotganlari bilan izohlash mumkin. Tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini menman degan davlatlar mutaxassislari tan olib, bu borada O’zbekiston dunyoda yetakchi o’rinlarga chiqib olgani hammamizni g’ururlantiradi. Bu yutuqlarni qadam-baqadam mustahkamlab borish esa sizu bizning hamkorlikda, fidoyilik bilan faoliyat ko’rsatishimizga bog’liqdir.


Batafsil..


Xalq ta'limi boshqarmasining murojaati

Assalomu alaykum hurmatli xalq ta’limi xodimlari, o’qituvchi va murabbiylar, aziz hamkasblar! Bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda, yosh avlodga zamonaviy bilim berish, kasb-hunar o’rgatish, iqtidori, qobiliyati va intellektual salohiyatini o’stirish uchun zarur bo’lgan barcha imkoniyatlarni yaratish, ayni paytda ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, ezgu fazilatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash masalasi davlatning doimiy e’tiborida. Davlatimiz tomonidan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining hayotga tadbiq etilishi, mazkur dasturning mantiqiy davomi bo’lgan “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” va boshqa muhim davlat hujjatlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar mazmunida, yurtimiz taraqqiyotining mustahkam poydevorini qo’yish, uning buyuk kelajagini bunyod etishdek ezgu maqsad yotadi.


Batafsil..


Aniq maqsadlar sari

Qo’shtepa tumanida bo’lib o’tgan viloyat xalq ta’limi muassasalari xodimlarining an’anaviy Avgust kengashida umumta’lim maktablari, ayiqsa boshlang’ich ta’limni mazmunan takomillashtirish, o’quv jarayonlarining metodik ta’minoti masalalari, umumta’lim maktablarida chet tillarini o’qitish tizimini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlarni amaliyotga joriy etishdagi kechiktirib bo’lmas vazifalar, zamonaviy kompetentsiyalarni shakllantirishga yo’naltirilgan ta’limni joriy etishning me’yoriy, tashkiliy va uslubiy asoslari, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish omillari kabi qator mavzularda seminar-treninglar o’tkazildi.


Batafsil..


Farg'onalik pedagoglarning Koreyaga safari

Farg’ona viloyat hokimining tashabbusi bilan viloyat hokimligining 2014 yil 16 apreldagi 70-F-sonli farmoyishiga asosan 21 nafar ishchi xodimlardan iborat O’zbekiston delegatsiyasi 2014 yil 23 apreldan 4 maygacha Janubiy Koreya Respublikasi «NATIONAL INFORMATION SOCIETY AGENCY» (NIA) agentligiga qarashli «e-Government Global Academy» akademiyasida axborot kommunikatsiya texnologiyalari va undan samarali foydalanish bo’yicha o’quv kurslarida ishtirok etib keldilar. Ulardan 16 nafari xalq ta’limi tizimida faoliyat ko’rsatayotgan hodimlardan iborat.


Batafsil..



 1 2 3 4 5 6 7 8
Pochta

Hamkorlar
http://gov.uz
http://aci.uz
http://uzedu.uz
http://ziyonet.uz
http://bitiruvchi.uzedu.uz
Xarita

 
  Copyright © 2017 MUDRM Ishlab chiqish Multimedia.Uz